Loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiquvchi loyiha institutlari va tashkilotlari reytingi yuritiladi
Illyustrativ foto
Qarorga koʻra, 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab Markazda loyihaoldi hujjatlarni kompleks ekspertiza qilishning quyidagi yangi tartib-taomillari joriy etiladi:
• yirik va mega loyihalarning hamda ekspertizadan ijobiy xulosa olgan loyihalarga oʻxshash loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida ularning tayyor boʻlimlarini parallel ekspertizadan oʻtkazish amaliyoti;
• taqdim etilgan loyiha ilgari Markazda ekspertizadan oʻtgan loyiha bilan oʻxshash boʻlsa, Markazning taklifi asosida uning loyihaoldi hujjatini tezlashtirilgan ekspertizadan oʻtkazish tartibi.
2026-yil 1-sentyabrdan:
Markaz tomonidan Loyihaoldi hujjatlarni ishlab chiquvchi loyiha institutlari va tashkilotlarining reytingi (Reyting)ni yuritish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi. Bunda:
• faoliyati davomida tarmoqlar kesimida ishlab chiqilgan loyihaoldi hujjatlarning kompleks ekspertizasi natijalaridan kelib chiqib, loyiha institutlari va tashkilotlari “yuqori”, “oʻrta” va “past” ishonchlilik darajalariga ajratiladi;
• Reyting Platformada joylashtirilib, doimiy ravishda yangilab boriladi;
• oʻrta, yirik va mega loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyiha institutlari va tashkilotlarini tanlashda faqat “eng arzon narx” mezonidan voz kechib, “sifat, tajriba va narx” mezoni majburiy hisoblanadi;
• loyiha tashkilotlari va tashabbuskor (buyurtmachilar)ga nisbatan ragʻbatlantirish choralari joriy etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring