Litvaliklar Xitoy smartfonlaridan foydalanmaslikka chaqirildi va ularni tashlab yuborish tavsiya qilindi 

17:36 22 Sentyabr 2021 Dunyo
1250 0

Foto: ferra.ru

Xiaomi smartfonlarida Tibet, Tayvan va demokratik harakatlarni qoʻllab-quvvatlovchi fikrlar senzura qilib boriladi.

Manbada aytilishicha, shu bois Litva mudofaa vazirligi fuqarolarni Xitoy smartfonlarini sotib olmaslikka chaqirib, avval sotib olinganlarini tashlab yuborish tavsiya qilgan.

Vazirlik maʼlumotiga koʻra, Mi 10T 5G smartfonlarida ushbu funksiyasi oʻchirilgan. Ammo u istalgan vaqtda masofadan turib faollashtirilib qoʻyilishi mumkin.

Litva hududida Tayvanning oʻz vakili paydo boʻlganidan keyin Litva va Xitoy oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar yomonlashdi.

Bunga javoban Pekin Vilnyusdagi elchisini chaqirib oldi. Keyin Xitoy Litvadan Tayvan vakolatxonasini yopishni talab qildi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер