Litvadagi klinikalardan birida koronavirusga qarshi vaksina olgan 80 nafarga yaqin shifokor “Covid-19”ni yuqtirib olgan

20:45 15 Yanvar 2021 Dunyo
851 0

Illyustrativ foto

Vilnyus shahridagi Santara klinikasining 79 nafar shifokori garchi “Pfizer“ va ”BioNTech” kompaniyalarining vaksinasining birinchi dozasini olganganiga qaramay koronavirus yuqtirib olgan.

Ushbu voqeaga izoh bergan klinikaning yuqumli kasalliklar markazi rahbari, professor Ligita Yanchorenening aytishicha, ehtimol emlash paytida ham ularning tanalarida virus boʻlgan boʻlishi mumkin.

Shuningdek, mutaxassisning taʼkidlashicha, vaksina ishlab chiqaruvchilar tomonidan vaʼda qilingan koronavirusga 95 foiz qarshilik ikkinchi emlashdan yetti kun oʻtgach hosil boʻlgan.

Ushbu klinikada jami 4,5 mingdan tibbiyot xodimlari emlangan. 

Oldinroq Germaniyaning Xagen shahridagi Qariyalar uyida “Pfizer“ va ”BioNTech” vaksinasi bilan emlangan bir necha kishining ham koronavirus bilan zararlangani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер