Litva Elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
2023-yil 27-fevral Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Litva Respublikasining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Ostona shahrida) Gintautas Vatsiulisdan ishonch yorliqlarini qabul qildi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Litva munosabatlarini faollashtirishga ikki tomon ham tayyor ekani tasdiqlandi, turli sohalarda hamkorlikni kengaytirish boʻyicha aniq takliflar muhokama qilindi, mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasidagi oʻzaro hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring