Gʻayrioddiy qovun Yevropa bozorlarini egallamoqda
Oʻtgan yili Gollandiyaning “HillFresh" kompaniyasi Yevropa bozoriga ”Limelon"- laym mazasini beruvchi yangi navdagi qovunni taqdim etgan edi. Bu yil ham ushbu mahsulotga talab yuqori boʻlmoqda, fermerlar hosildorlikni uch baravar oshirgan.
“HillFresh” kompaniyasi vakili Gerten van Lyuttixoyzen soʻzlariga koʻra, “Limelon” - bu shunchaki yangi navli qovun emas, balki mijozlarni mamnun qiladigan gʻayrioddiy mahsulotdir. Qovun juda shirin - undagi briks darajasi 14 ga teng. Bu mutlaqo boshqacha lazzat mazasini beradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring