“Lavanda farm” botanika bogʻiga aylantiriladi

10:53 09 Sentyabr 2024 Jamiyat
213 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqandlik Server Osmonov 2017-yilda shahar markazidan 4 kilometr uzoqlikda “Lavanda farm” bogʻini tashkil qilgan. U bir gektar maydonda lavanda oʻsimligini oʻstirmoqda. Bogʻda mahalliy va xorijlik sayyohlar Fransiyaning Provans atmosferasiga shoʻngʻish uchun kelishadi.

— Hozirda bu yerda ekskursiyalar, gulchilik boʻyicha mahorat darslari, fotosessiyalar, pikniklar va oilaviy bayramlar oʻtkazilmoqda, — deydi “Lavanda farm” bogʻi ish yurituvchisi Noilya Bagautdinova. — Biz lavandadan guldastalarni yigʻamiz. Quritilgan gullar, xushboʻy yostiqlar va lavanda choyi qoplarini tayyorlaymiz va bu yerga kelgan sayyohlarga shifobaxsh, tinchlantiruvchi xususiyatlarga ega mahsulotlarni, turli dorivor oʻsimliklarni sotamiz. Kelajakda mahsulotlarimizni xorijga ham sotishni va bu joyni 100 dan ortiq oʻsimlik turlariga ega boʻlgan botanika bogʻiga aylantirishni reja qilganmiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер