Landshaftlar va yer resurslarini tiklash uchun kuchlarni birlashtirish maqsadida muhim hujjat imzolandi

09:45 14 Fevral 2024 Jamiyat
244 0

Foto: “Xalq soʻzi”

“Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlash toʻgʻrisida”gi Konvensiya ishtirokchilari konferensiyasining 14-yigʻilishi doirasida “Tabiat chegara bilmaydi: koʻchib yuruvchi turlar va Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish yoʻlida hamkorlik qilish” mavzusida yuqori darajadagi tadbir davomida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO), Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi (IUCN) niyat protokolini imzoladilar. Hujjat FAO bosh direktorining maxsus vakili Deniel Gustafson, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va IUCN Bosh direktori Gretel Agilar tomonidan imzolandi.

Tomonlar hamkorlikni davom ettirish va Oʻzbekistonda oziq-ovqat tizimlari, yerdan foydalanish va uni qayta tiklash taʼsirini baholash global dasturining (FOLUR) shoʻba loyihasini amalga oshirishda kuchlarni birlashtirish boʻyicha keyingi kelishuvni tayyorlashni jadallashtirishga kelishib oldilar. Global Ekologik Jamgʻarma koʻmagida amalga oshirilayotgan FAOning “Oʻzbekistonda oziq-ovqat tizimlarining yerdan foydalanish va uni qayta tiklash taʼsirini baholash dasturi” loyihasi yerdan foydalanishning samarali texnologiyalari va bugʻdoy ishlab chiqarish landshaftlarida ekologik yondashuvlarni keng miqyosda joriy etishga hamda ekotizim degradatsiyasidan barqaror boshqaruvga oʻtkazishni amalga oshirish uchun ekologik toza qiymat zanjirlarini yaratishga qaratilgan. Loyiha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida amalga oshirilmoqda.

Loyiha natijalariga erishish uchun IUCN tiklash imkoniyatlarini baholash uslubiyotini, tabiiy omillarni hisobga olgan holda yechimlarning IUCN Global standarti va qoʻriqxonalar, qoʻriqlanadigan hududlarni va milliy bogʻlarning yashil roʻyxati yordamida yerdan foydalanishning joriy amaliyotlarini, tiklash potensialini va loyiha hududlarida ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida davlat-xususiy sheriklik variantlarini tahlil qiladi. Baholash asosida IUCN maqsadli hududlarda landshaftni tiklash va yerni barqaror boshqarish boʻyicha yechimlarni ishlab chiqadi, ular loyihaning ikkinchi yilida sinovdan oʻtkaziladi, hujjatlashtiriladi va namoyish etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер