Kvant hisoblash texnologiyasi taraqqiyoti “Bitcoin“ kabi kriptovalyutalar rivojiga xavf tugʻdirishi mumkin
Xabarlarda yozilishicha, “IBM“, ”Google“ va boshqa yirik ”IT“ kompaniyalar zamonaviy kriptografiyani butunlay oʻzgartirishi mumkin boʻlgan eng tezkor kvant kompyuterlarini yaratish ustida raqobatlashmoqda.
Ekspertlar kvant hisoblash texnologiyasi davri hozirda keng isteʼmolda boʻlgan “Bitcoin“ kabi kriptovalyutalar foydalanadigan kriptografik algoritmlar istiqboliga jiddiy salbiy taʼsir etishi mumkinligidan xavotirda.
Kvant hisoblash texnologiyasining “Bitcoin“ga tahdidi jiddiy qabul qilinishi kerak boʻlsada, ayrim mutaxassislar ”Bitcoin“ oʻz xavfsizligini buzmasdan kvant texnologiyalari davriga moslashishga ulgurgan deb hisoblashmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring