Kuniga ikki soatdan koʻp televizor qarshisida oʻtiradigan oʻgʻil bolalarda jiddiy kasallikning rivojlanish xavfi yuqori

02:12 02 Fevral 2022 Dunyo
1624 0

Foto: Depositphotos

Kuniga ikki soatdan ortiq televizor koʻradigan oʻgʻil bolalarda ekran oldida vaqt oʻtkazmaydigan tengdoshlariga qaraganda autizm (xotira susayishi)ga chalinish xavfi 3,5 baravar yuqori ekan. 

Xuddi shunday xulosaga Yaponiyaning Yamanashi universiteti olimlari olimlari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot yakunida kelindi.

Tadqiqotda 84 000 nafar bolaning ota-onasidan farzandlari qancha vaqt televizor yoki DVD tomosha qilgani haqida hisobot berishni soʻrashdi. Keyingi bir necha yil ichida olimlar bu bolalarning qaysi birida autizm tashxisi qoʻyilganligini kuzatishdi.

Tashxis uch yoshgacha boʻlgan 330 nafar bolaga qoʻyilgan. Ulardan 251 nafari oʻgʻil va 79 nafari qiz bola. Televizor koʻrmaydigan oʻgʻil bolalar bilan solishtirganda, kuniga 60 daqiqadan kam tomosha qilganlar keyingi ikki yil ichida autizmga chalinish ehtimoli 38 foizga koʻproqligi maʼlum boʻlgan. Kuniga ikki soatgacha televizor koʻrgan oʻgʻil bolalarda bu koʻrsatkich 2,16, toʻrt soat tomosha qilganlarda esa 3,48 baravar yuqori boʻlgan. Biroq qizlarda bunday holat kuzatilmagan.

«Chaqaloqlik davrida, asab tizimi faol rivojlanayotganda, unga ekranlar orqali elektr va yorugʻlik stimulyatsiyasi kabi atrof-muhit omillari taʼsir qilishi mumkin», deydi olimlar. Bu borada tadqiqotlar davom ettirilmoqda. 

Umuman olganda, ularning xulosalari Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyalariga mos keladi. Bir yoshgacha boʻlgan bolalar ekran oldida vaqt qolmasliklari kerak. Yaʼni, televizor, kompyuter va telefon bilan oʻzaro aloqa juda yaqin boʻlmasligi lozim. 

Nima uchun televizor koʻrish qizlarda autizm rivojiga sabab boʻlmagani aniq emas. Mutaxassislarning fikricha, oʻzi odatda oʻgʻil bolalarda autizm tashxisi koʻproq uchraydi va buning ham sabablari toʻliq aniqlanmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер