Kuniga 11 daqiqa piyoda yurish erta oʻlim xavfini 10 foizga kamaytiradi

14:42 03 Mart 2023 Jamiyat
770 0

Foto: Illustrativ foto

Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti olimlari kuniga 11 daqiqa davomida oʻrtacha intensivlikdagi jismoniy faollik insonlarda erta oʻlim xavfini 10 foizga kamaytirishini aniqladi.

Buning uchun mazkur yoʻnalishda oʻtkazilgan 196 ta tadqiqot natijalari oʻrganib chiqildi. Yakunda haftasiga 75 daqiqa piyoda yurish oʻlim xavfini 10 foizga, yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish ehtimolini 5 foizga pasaytirishi maʼlum boʻldi.

Shuningdek, yuqoridagi davomiylikda yayov yurganlar saraton xastaligiga chalinish xavfidan 3 foiz koʻproq himoyalanadi, degan xulosaga kelindi.

Tadqiqotchilarning tavsiya qilishicha, ishxona, maktab, kollej va universitetlarga piyoda yoki velosipedda borishni odat qilish lozim. Qolaversa, kundalik hayot tarziga oʻzimizga yoqadigan jismoniy mashgʻulotlarni kiritish katta samara beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер