Kuchli yomgʻir va shamol aviaqatnovlarni izdan chiqardi
Kecha Fransiyaning janubiy hududlariga kuchli yomgʻir va shamol “bostirib kirdi”. Bundan, ayniqsa, Alpning dengizboʻyi hududlari jiddiy aziyat chekmoqda. La Provence gazetasi xabariga koʻra, Sen-Marten-Vezyubi tumani yaqinidagi avtomobil koʻprigi noqulay ob-havo oqibatida buzilib tushgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bunga Boreon daryosida yuzaga kelgan kuchli oqim sabab boʻlgan.
Hozircha ushbu hodisadan zarar koʻrganlar haqida maʼlumot yoʻq.
“Havo parvozlari grafigi ob-havo sharoiti tufayli buzilib ketdi, ammo aeroportlar ochiq”, — deyiladi Nissa aeroporti maʼmuriyati xabarida.
Garchi bir qator uchish va qoʻnishlar muvaffaqiyatli bajarilgan boʻlsa-da, bir qator reysalr kechiktirilgan, Korsikaga parvozlar esa bekor qilingan.
Vaziyat yana-da murakkablashishi prognoz qilinyapti. Shuning uchun yirik savdo markazlari, poyezdlar harakatlari, maktab va OTMda darslar vaqtincha toʻxtatilgan.
France Bleu radiosi maʼlumotlariga koʻra, kecha 8 mingdan ortiq xonadon elektr taʼminotisiz qolgan. Qutqaruvchilar tomonidan 200dan ziyod operatsiya oʻtkazilgan boʻlsa, bedarak yoʻqolgan toʻrt kishi qidirilmoqda.
Mamlakat meteorologiya xizmati bugun ham surunkali yomgʻirlar davom etishi, hatto kuchayishini maʼlum qildi. Shuning uchun Alp dengizboʻyi hududlarida “qizil” darajadagi, yana janubdan markazgacha sakkizta, gʻarbda esa ikkita departamentda “zargʻaldoq” darajasidagi xavf eʼlon qilingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring