Kuchli yomgʻir tufayli Sudan poytaxti suv ostida qoldi

21:48 08 Sentyabr 2020 Dunyo
1553 0

Sudan poytaxti Xartumda kecha kechqurun boshlangan kuchli yogʻingarchilik natijasida shaharning asosiy koʻchalarini suv bosdi. Buning oqibatida transport qatnovida tirbandliklar kelib chiqdi.

«Anadolu» agentligi xabariga koʻra, Xartumning shimolidagi 350 xonadondan iborat Tamoniyat qishlogʻi butkul suv ostida qolgan. Qishloq aholisi esa boshpanasidan ayrilgan.

Bir necha oydan beri davom etayotgan yogʻingarchiliklar oqibatida Sudan poytaxtining Nil daryosi yoqasida joylashgan mahallalarida 5 mingdan ortiq uy vayron boʻlgan. Ichki ishlar vazirligi 18 viloyatning 16 tasida kuchli yogʻingarchiliklar 70 mingdan ziyod uyga zarar yetkazganini maʼlum qildi.

Sudanda sellar tufayli uch oylik favqulodda holat eʼlon qilingan. Suv toshqinlari shu paytgacha 102 kishining oʻlimiga sababchi boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер