Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Shayxontohur tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.I.ning boshqaruvidagi “Onix” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatib koʻzdan kechirilganida avtomashina salonida 150 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi mavjudligi aniqlanib, uning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda ushbu dori vositalarini 400 AQSH dollariga oʻtkazgan I.Sh.ning yonidan 36 dona qizil va oq rangli dori vositalari hamda AQSH dollarlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring