Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.Ch. boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib koʻzdan kechirilganda, ushbu fuqaro hech qanday hujjatsiz jami 518 dona “Regapin” va “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini oʻtkazish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring