Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahar boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro М.Х. noqonuniy daromad orttirish maqsadida Gulobod koʻchasida fuqaro М.Y.gа jami 180 dona “Reduksin Layt” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Jizzax shahar boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “N.-Sh.” xususiy korxonasi rahbari S.Х. ushbu korxona dorixonasida hech qanday hujjatsiz 20 dona “Benzonal” va “Karbamazepin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini xaridorlarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Mirobod tuman boʻlimi tomonidan tuman IIBB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro J.М. “Chigʻatoy Darvoza” MFY hududida fuqaro N.Х.gа 10 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring