Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

18:45 29 Yanvar 2024 Jamiyat
369 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “S.M.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi F.М. xaridorga hech qanday hujjatsiz jami 150 dona “Tebantin” va “Flebodia” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament va DXXning Urgut tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro В.Х. Samarqand shahri “Gullar bogʻi” MFY hududida 50 dona “Zardeks” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini fuqaro Г.К.га sotgan vaqtida ushlanib, jami 90 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер