Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Z.T. noqonuniy daromad orttirishni koʻzlab, Yashnobod tumani Bayqoʻrgʻon 1-berk koʻchasida hech qanday hujjatsiz jami 150 dona “Snup”,“Vilprafen solyutab” nomli sprey dorilarini hamda 500 dona “Gabapentin” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini fuqaro Q.O.ga 4,2 mln soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring