Kuchli shamol Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi ayrim elektr tarmoqlarida nosozliklar keltirib chiqargan
Soat 07:30 holatiga ushbu hududlarda yuz berayotgan kuchli shamol baʼzi bir elektr qurilmalarida nosozliklarga sabab boʻlgan.
Buning natijasida Samarqand viloyatida 457 MVt (114 ming 250 ta isteʼmolchi), Jizzax viloyatida esa 64 MVt (16 mingta isteʼmolchi) quvvat bilan elektr taʼminotida vaqtinchalik qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirgi vaqtda maxsus brigadalar tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Nosozliklar qisqa vaqt ichida bosqichma-bosqich bartaraf qilinib, isteʼmolchilarning elektr taʼminoti qayta tiklanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring