Kuchli boʻron sabab Yaponiyada yuzlab aviareyslar bekor qilinmoqda
Kuchli boʻron sabab Yaponiya aeroportlarida 305 ta aviareys bekor qilindi.
“Kyodo“ agentligi xabariga koʻra, kuchli yogʻingarchiliklar Yapon dengizi sohillari, shuningdek, Xokkaydo orolining shimoliy hududlarida kuzatilmoqda. Shu bois 6-yanvardagi 14 ta, 7-yanvardagi 281 ta va 8-yanvardagi 10 ta aviareys bekor qilindi. Avvalroq mahalliy ”NHK” telekanali 200 ta aviareys qoldirilganini maʼlum qilgandi.
Sinoptiklar Yaponiyada tabiatning bunday “injiq”ligi 9-yanvarga qadar davom etishini bashorat qilishmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring