Kubada toʻliq blekaut: Mamlakat elektr energiyasiz qoldi

10:49 17 Mart 2026 Dunyo
211 0

16-mart kuni Kubada elektr energiyasi taʼminoti butunlay uzildi. Bu haqda mahalliy hukumat maʼlumotlariga tayanib Associated Press xabar bermoqda.

Kubaning Unión Eléctrica davlat kompaniyasi tizimni qayta tiklash jarayoni boshlanganini maʼlum qildi. Kompaniya vakillarining taʼkidlashicha, tizim oʻchgan vaqtda ish faoliyatida boʻlgan issiqlik elektr stansiyalarida hech qanday nosozliklar kuzatilmagan.

Mamlakat Energetika va konchilik sanoati vazirligi sodir boʻlgan hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari boshlanganini maʼlum qildi.

Ushbu blekaut Kubadagi energetika va iqtisodiy inqirozning chuqurlashishi fonida yuz berdi. Mamlakat prezidenti Migel Dias-Kanel 13-mart kuni Kuba uch oydan beri neft olmaganini, hozirda tizim quyosh energiyasi, tabiiy gaz va issiqlik elektr stansiyalari hisobiga ishlayotganini taʼkidlagan edi.

Bundan bir hafta oldin Kubaning gʻarbiy qismida yirik elektr uzilishi sodir boʻlib, millionlab odamlarni chiroqsiz qoldirgan edi.

Ilgari Kuba neftni Venesueladan olar edi, biroq joriy yilning yanvar oyi boshida AQSH tomonidan Venesuela yetakchisi Nikolas Maduro qoʻlga olingach, yetkazib berish toʻxtab qolgan.

Prezident Dias-Kanel Kuba hukumati ikki davlat oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni muloqot yoʻli bilan hal qilish uchun AQSH maʼmuriyati bilan muzokaralar olib borayotganini maʼlum qildi.

Maʼlumot uchun, Kuba aholisi taxminan 11 million kishini tashkil etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер