Krasnoyarsk shahrida “O‘zbek madaniyati kuni” bo‘lib o‘tdi
Krasnoyarsk xalqlari do‘stligi uyida o‘tkazilgan “O‘zbek madaniyati kuni” tadbirida mazkur hududda yashayotgan o‘zbek diasporasi vakillari, sanʼat namoyondalari, mahalliy hokimiyat organlari vakillari, faol vatandoshlar, talabalar va mehnat migrantlari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida o‘zbek madaniyatini aks ettiruvchi milliy cholg‘u asboblar, musiqa va raqs, milliy liboslar, tasviriy sanʼat asarlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Shundan so‘ng, Do‘stlik uyining tomoshabinlar zalida o‘zbek kuy va qo‘shiqlaridan tuzilgan konsert dasturi namoyish etildi. Tadbir so‘nggida yig‘ilganlarga o‘zbek xalqining milliy taomi – palov tarqatildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring