Kosonsoyda yogʻ-moy ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi

18:00 28 Yanvar 2025 Jamiyat
306 0

Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Bu bilan tumanda yetishtirilgan paxta chigitini shu joyning oʻzida toʻla qayta ishlash imkoniyati vujudga keldi. “Namangan paxta teks” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan hududiy investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilgan loyihaning umumiy qiymati 30 mlrd. soʻmga teng boʻlib, buning hisobiga ilgʻor texnologiyaga asoslangan yogʻ-moy ishlab chiqarish majmuasi tashkil etildi. Ayni paytda bu yerda 110 kishining bandligi taʼminlangan.

— Yangi korxona yiliga 18 ming tonna chigitni qayta ishlash quvvatiga ega boʻlib, 3500 tonna sifatli yogʻ, 9,5 ming tonna shrot, 5,5 ming tonna sheluxa tayyorlash yoʻlga qoʻyildi, — deydi “Namangan paxta teks” MCHJ rahbari rahbari Lutfullo Egamberdiyev.

Aytish lozimki, oziq-ovqat sanoati yoʻnalishidagi mazkur loyihaning roʻyobga chiqarilishi viloyat isteʼmol bozorini ekologik jihatdan sof yogʻ-moy mahsulotlariga toʻldirishga hissa qoʻshishi bilan ahamiyatli.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер