Kosonsoy tumanida yangi hokim ish boshladi
Bugun Kosonsoyda xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi chaqirildi. Unda tashkiliy masala koʻrilib, Namangan viloyati hokimining qarori hamda tuman Kengashi deputatlari tasdigʻi bilan Dilmurod Gʻofurovich Qodirov Kosonsoy tumani hokimi etib tayinlandi.
Dilmurod Qodirov 1972-yili Namangan shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, 1993-yili Andijon qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan. Mutaxassisligi olim-agronom. 2017-yildan hozirgi vaqtga qadar Norin tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan. U 2021-yil avgust oyida Prezident farmoniga koʻra, “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.
Q. NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring