Korrupsiyaga qarshi maqbul yechim bormi?
Foto: Халқ сўзи
Fargʻona viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Fayzullo Qosimov ishtirokida ijtimoiy hayotimizga jiddiy xavf solayotgan illat – korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va kamchiliklar muhokamasiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Unda viloyatda korrupsiya, tamagirlik, poraxoʻrlikka qarshi tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan boʻlsada, ayrim ijtimoiy soha xodimlari orasida ushbu illatlar hamon uchrab turgani aniq misollar bilan qayd etildi. Oʻz navbatida maktabgacha taʼlim, xalq taʼlimi, oliy taʼlim sohasida korrupsiyaning oldini olish, shaffoflikni taʼminlash maqsadida koʻrilayotgan chora-tadbirlar xususida fikr bildirildi.

Jumladan, shu kunlarda Rishton tumani tibbiyot birlashmasidagi korrupsion holat boʻyicha surishtiruv-tergov jarayonlari ketayotgani aytib oʻtildi. Xalqimizni tibbiy xizmatlardan rozi boʻlishi uchun bajarilishi kerak boʻlgan muhim vazifalar muhokama qilindi.
Tahliliy ruhda oʻtkazilgan matbuot anjumanida jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan javob berildi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring