Korrupsiyaga qarshi kurash — adolat va shaffoflik yoʻlida

19:52 14 Aprel 2026 Jamiyat
220 0

Korrupsiyaga qarshi kurash — jamiyatda adolat, qonuniylik va shaffoflikni taʼminlashning eng muhim omillaridan biridir. Bu yoʻlda davlat organlari, ayniqsa, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar zimmasiga katta masʼuliyat yuklatilgan.

Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyati boshqarmasida Byuroning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi xodimlari tomonidan targʻibot va profilaktika tadbirlari oʻtkazildi. Ushbu uchrashuvda Byuroning viloyat boshqarmasi hamda Samarqand shahar boʻlimi xodimlari ishtirok etib, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi samarali kurashish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Tadbir davomida sud hujjatlarini oʻz vaqtida va qonun talablariga toʻliq muvofiq holda ijro etish, har bir xodimning xizmat burchiga masʼuliyat bilan yondashishi, halollik va vijdonan ish olib borishi zarurligi alohida taʼkidlandi. Shuningdek, korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga nisbatan qatʼiy va murosasiz munosabatda boʻlish, uning kelib chiqish sabablarini bartaraf etish choralari keng muhokama qilindi.

Ishtirokchilarga davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, aholi bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekani tushuntirildi. Bu borada har bir xodimning shaxsiy masʼuliyati va fidoyiligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Uchrashuv soʻngida korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, yoshlar orasida halollik va adolat tamoyillarini keng targʻib qilish muhim ekani alohida eʼtirof etildi. Shu bilan birga, tizimda sogʻlom muhitni shakllantirish, har qanday noqonuniy holatlarga nisbatan murosasiz pozitsiyani saqlash barcha xodimlarning ustuvor vazifasi ekani taʼkidlandi.

Bunday tadbirlar nafaqat xodimlarning kasbiy masʼuliyatini oshirishga, balki jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga, adolat va shaffoflikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Dilshod ARIPOV,

Majburiy ijro byurosi Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi katta inspektori.

Fazliddin TEMIROV,

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi

Shaxsiy xavfsizlik shoʻbasi katta inspektori.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер