Koronavirusning yangi shtammlari aniqlangan davlatlar soni oʻsishda davom etmoqda — JSST
Illyustrativ foto
Koronavirusning yangi shtammlari aniqlangan mamlakatlar soni oʻsishda davom etmoqda.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) maʼlumotiga koʻra, oʻtgan hafta davomida yana yetti mamlakatda koronavirusning Buyuk Britaniya mutatsiyasi (VOC 202012/01) aniqlangan va ushbu shtamm qayd etilgan davlatlar soni 101 taga yetgan.
Yana besh mamlakatda Janubiy Afrika Respublikasi mutatsiyasi (501Y.V2) aniqlangan va ushbu shtamm kirib borgan davlatlar soni 51 taga yetdi.
Bundan tashqari, dastlab Braziliyada va keyin Yaponiyada qayd etilgan P.1 shtammi yana sakkiz mamlakatda roʻyxatga olingan hamda ushbu mutatsiya aniqlangan davlatlar soni 29 taga yetgan.
JSST Janubiy Afrika Respublikasi shtammi Buyuk Britaniya mutatsiyasi va koronavirusning birinchi aniqlangan turiga qaraganda yuqumliroq ekanligini ammo kasallikning ogʻir kechishiga taʼsir qilmasligini maʼlum qilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring