Koronavirusning yangi shtammi 41 davlatda aniqlandi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) 70 % yuqumli boʻlgan koronavirusning “britan” shtammi tarqalish koʻlami haqida fikr bildirdi. Koronavirusning yangi mutatsiyasi allaqachon dunyoning 41 mamlakatida aniqlangan. Bu haqda TASS nashri yozmoqda.
5-yanvar holatiga koʻra, ilk bor Buyuk Britaniyada qayd etilgan koronavirusning VOC-202012/01 nomli yangi turi 41 davlatda aniqlandi.
Bundan tashqari, Janubiy Afrikada 501Y.V2 nomli yangi shtamm aniqlandi. Ushbu shtamm Janubiy Afrikadan tashqari yana olti hududdan topildi.
Eslatib oʻtamiz, 4-yanvar kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson pandemiya tufayli mamlakatda uchinchi lokdaun joriy etilishini eʼlon qilgan. Uning soʻzlariga koʻra, koronavirusning yangi shtammi juda katta tezlikda tarqalmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring