Koronavirusning oddiy grippdan farqi nimada?
arxiv foto
Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi Nurmat Otabekov koronavirusning odiiy grippdan farqini aytib oʻtdi.
“Koronavirus infeksiyasining gripp va boshqa oʻtkir respirator kasalliklaridan eng birinchi farqi bu kasallik qoʻzgʻatuvchisi har xil boʻlib, kasalliklarning yashirin davrida, klinik belgilarida va boshqalarda kuzatish mumkin”, deydi Otabekov.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda shu kungacha 173 kishida koronavirus aniqlangan. 12 kishi bu darddan butkul forigʻ boʻlgan, 2 kishi esa vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring