Koronavirusning Buyuk Britaniya shtammida oʻlim darajasi yuqori — Boris Jonson
Foto: Reuters
Buyuk Britaniyada koronavirus yangi shtammi koʻproq oʻlimga olib kelishi mumkin. Bu fikrlarni mamlakat Bosh vaziri Boris Jonson aytib oʻtdi.
“Koronavirusning Buyuk Britaniyada aniqlangan shtammi yuqori oʻlim koʻrsatkichlari sabab boʻlishi mumkin degan fikrga asos bor”, deydi Jonson.
19-yanvar kuni Buyuk Britaniyada koronavirus yuqtirgan 1610 nafar bemor hayotdan koʻz yumgani va pandemiya boshlanganidan beri eng yuqori koʻrsatkich ekani maʼlum qilingan edi. Shuni kuni mamlakatda 33 355 ta yangi holat aniqlangan va bu ham antirekord hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring