Koronavirusni oʻldiradigan mahsulot topildi

17:58 14 Iyul 2020 Dunyo
7234 0

Fransiyadagi Monpelye universiteti tadqiqotchilari koronavirusni oʻldiradigan mahsulotni topishdi. Ularning fikriga koʻra, karam — koronavirusning yangi shtammini oʻldiradi. Bu haqda The Sun nashriga asoslanib Sputnik xabar berdi.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, karam koʻp isteʼmol qilinadigan mamlakatlarda koronavirusdan oʻlim holatlari kamroq boʻlgani kuzatilgan. Xususan, Germaniya va Janubiy Koreyada infeksiyadan oʻlim koʻrsatkichlari past.

Tadqiqotchilarning taʼkidlashicha, karam tarkibida koronavirusning ogʻir kechishiga xalaqit beradigan moddalar mavjud. Tuzlangan karam tarkibida esa antioksidantlar mavjud boʻlib, ular organizmni patogenlardan himoya qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер