Koronavirusni oldini olishning eng yaxshi usuli maʼlum qilindi

22:10 12 Oktyabr 2020 Dunyo
1210 0

COVID-19ni oldini olishning eng yaxshi usuli - bu futbol oʻynash.

Ushbu fikr yuqori toifadagi shifokor-pediatr, tibbiyot fanlari nomzodi, yozuvchi va teleboshlovchi Yevgeniy Komarovskiy tomonidan maʼlum qilindi.

Kasallikning ogʻirligi faqatgina odamning yoshiga bogʻliq boʻlmasligini taʼkidlayotgan mutaxassisning qoʻshimcha qilishicha, kasallikning ogʻirligi nafas yoʻllariga qancha virus tushishiga ham bogʻliq boʻladi.

Uning fikricha, odamlar ochiq havoda boʻlganlarida, virusning katta dozasini qabul qilishmaydi.

“Agar bosh uzra osmon boʻlsa, unda kasal odam chiqaradigan har qanday miqdordagi virus darhol ulkan havo massalari bilan tarqalib ketadi. Shu bois boshqa bir inson virusning koʻp qismini nafas olish orqali organizmiga kiritmaydi. Biz odamlar koʻrishishi uchun qoʻlimizdan kelgan ishni qilishimiz kerak. Bu mening fikrim. Oʻylashimcha, ayni paytda profilaktikaning eng yaxshi usuli - bu futbol”, demoqda Komarovskiy yopiq joylarda yuqtirish ehtimoli yuqori degan fikrni qoʻshimcha qilar ekan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер