Koronavirusni dori vositalarisiz ham yengishi mumkinmi?
Koronavirusning yengil darajasida dori vositalarisiz organizm kasallikni oʻzi yengishi mumkinmi? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi.
"Ha, shunday ham boʻlishi mumkin. Aniq maʼlumotlarga koʻra, kontaktda boʻlgan aholining 80 foizida kasallik simptomlarsiz, yaʼni yengil darajada oʻtadi. Mazkur bemorlarda immun tizim yaxshi rivojlangan boʻladi.
Bunday bemorlar kasallikni antibiotiklar va boshqa kuchli dori vositalarisiz yengishlari mumkin. Bu holatlarda shifokorlar tavsiyasi va nazoratida immun tizimni qoʻllab turish, shaxsiy gigiyena qoidalari hamda karantin talablariga rioya qilish oʻta muhim hisoblanadi. Shuningdek,
▫️tomoqni tez-tez turli eritmalarda chayib turish, kuniga kamida 8-marta ;
▫️kun davomida 3-4 litrdan ortiq suyuqlik ichish;
▫️sogʻlom ovqatlanish, ovqat ratsionida meva va sabzavotlarning boʻlishi;
▫️ S vitaminiga boy mahsulotlar: limon, naʼmatak, malina choylarni ichish, bulgʻor qalampiri, piyoz va koʻkatlar isteʼmol qilish;
▫️shu bilan birga, tez-tez nafas gimnastikalari, yengil yurish va mashqlarni bajarib turish tavsiya etiladi", deydi Ubaydullayeva.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring