Koronavirusga qarshi vaksina olgan Pokiston bosh vaziri “Covid-19” yuqtirib oldi
Foto: AP
Pokiston Bosh vaziri Imron Xon koronavirusga qarshi vaksina olgan boʻlsada, "Covid-19"ni yuqtirib olgan.
Bu haqda Bosh vazirning milliy sogʻliqni saqlash, tartibga solish va muvofiqlashtirish boʻyicha maxsus yordamchisi Faysal Sulton maʼlum qildi. Ayni paytda Imron Xon oʻzini izolyatsiyaga olgan.
Maʼlum boʻlishicha, Bosh vazir 18-mart kuni koronavirusga qarshi Xitoyning “Sinofarm” kompaniyasining vaksinasi bilan emlangan.
Sogʻliqni saqlash vazirligi ushbu xabarga munosabat bildirib, vaksina darhol ishlamasligini, yaʼni immunitet emlashdan bir necha hafta oʻtgach paydo boʻlishini, shu bois Imron Xon bilan bogʻliq vaziyat preparatga boʻlgan ishonchni “soʻldirmasligi” kerakligini maʼlum qildi.
“Bosh vazir Imran Xon yuqtirish paytida muolajani toʻliq yakunlamagan edi. U preparatning faqat birinchi dozasini oldi va bunga endi ikki boʻldi. Bunday qisqa vaqt ichida siyosatchini mavjud vaksinalarning hech biri qutqarmagan boʻlardi. Chunki antitanalar ikki-uch hafta davomida ishlab chiqariladi, hatto undan koʻp vaqtda ham”, deyiladi rasmiy munosabatda.
Manbada aytilishicha, 18-mart kuni Pokiston “Sinofarm” vaksinadan 500 ming doza qabul qilib olgan va bu Xitoy tomonidan mamlakatga yetkazib berilgan ushbu preparatning ikkinchi partiyasi hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring