Koronavirusga qarshi damlama yaratgan Shri-lankalik afsungar “COVID-19”dan vafot etdi
Foto: Getty Images
Koronavirusga qarshi damlama yaratgan Shri-lankalik afsungar Eliyanta Uayt “COVID-19”dan vafot etgan.
“BBC” xabariga koʻra, u sportchilarni davolash orqali Shri-Lanka va qoʻshni Hindistonda ancha mashhur boʻlgan.
Uayt sportchilar va siyosatchilarni davolash uchun ishlatgan damlamani Shri-Lankaning sobiq sogʻliqni saqlash vaziri Pavitra Vannyarachchi ham maʼqullagan edi. Ammo damlamani qabul qilgan sobiq vazir “COVID-19” bilan zararlanib, ikki hafta jonlantirish boʻlimida muolaja olgan.
Uayt damlamaning retseptini tushida koʻrganini va agar u Shri-Lanka daryolariga toʻkilsa, mamlakat koronavirusdan qutulishini aytgan edi.
Bir oy oldin koronavirus bilan kasallangan Uayt kasalxonada vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring