Koronavirusga chalingan toshkentlik er-xotin vafot etdi

23:14 14 Iyul 2020 Jamiyat
1037 0

Olmazor tumanida yashovchi 68 yoshli K.A. (erkak) va uning turmush oʻrtogʻi 67 yoshli S.A. tana harorati 38 S gacha koʻtarilishi, umumiy holsizlik sababli joriy yilning 5-iyul kuni tez tibbiy yordam mashinasida Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan. Bemorlardan “COVID-19” infeksiyasiga namuna olingan va kasallik tasdiqlangan.

Ularga ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shahar 1-sonli klinik shifoxonasiga olib kelinib, reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan. Har ikki bemorda oʻtkir nafas yetishmovchiligi kuzatilgani sababli sunʼiy nafas olish apparatiga olingan. Ularga “COVID-19” infeksiyasi ogʻir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi tashxisi qoʻyilgan.

Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiyasi, gipertoniya arterial gipertenziya kabi hamroh kasalliklar bilan ham ogʻrigan.

Shifoxonada bemorlarning davolanishi davomida tibbiyot xodimlari tomonidan konsiliumlar oʻtkazilgan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida oʻtkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan er-xotin bemorlarning ahvoli keskin ogʻirlashib, oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер