Koronavirusga chalingan onalardan sogʻlom farzandlar tugʻilmoqda
Illyustrativ foto
Rossiya Sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashko koronavirus yuqtirib olgan onalardan tugʻilgan bolalar infeksiyasiz tugʻilayotganini maʼlum qildi.
«Biz virus bilan zararlangan onalardan tugʻilgan bolalarda infeksiya aniqlanmaganligini koʻryapmiz», deydi u.
Murashkoning taʼkidlashicha, aksariyat hollarda onalar tabiatan bolani himoya qilishadi, shuning uchun virusning vertikal yuqishi kuzatilmayapti. Avvalroq, Rossiyada koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi bolalar va kattalar boʻyicha tadqiqotlar tugagandan soʻng homilador ayollarda sinovdan oʻtkazilishi haqida xabar berilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring