Koronavirusga besh marta test topshirib, ularning hammasi salbiy chiqqan amerikalik virusning yangi shtammidan vafot etdi
AQSH fuqarosi koronavirusning “britancha” shtammidan vafot etdi. Bunga qadar u besh marotaba koronavirusga test topshirgan va natija har safar salbiy chiqqan.
Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri 35 yoshli Alfonse Jekson olomon toʻplangan hududlardan qochishga urindi va faqat ish uchun uydan chiqardi, dedi uning rafiqasi.
Koʻrilgan barcha choralarga qaramay, erkak baribir virus bilan zararlangan. Yanvar oyida uning isitmasi koʻtarilib, nafas olishi qiyinlashgan. Koronavirusga chalinganini taxmin qilib, amerikalik COVID-19ga besh marta test topshiradi, ularning hammasi salbiy chiqqan.
Faqat oltinchi test Alfonse Jekson koronavirusning “britancha” shtammini yuqtirganini koʻrsatdi. Maʼlumki, ushbu shtamm xavfli hisoblanadi.
Erkak kasalxonaga yotqizilgan. Kasalxonada u oʻpkani sunʼiy shamollatish apparatiga ulangan. Keyinchalik amerikalik yuragidagi muammolar tufayli operatsiya qilingan. Biroq, shifokorlarning saʼy-harakatlari besamar ketdi. 2-fevral kuni Jekson vafot etdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring