Koronavirusdan uyda davolanish tartibi qanday?

08:30 03 Aprel 2020 Dunyo
4508 0

Ayni damda Moskvada 550dan ziyod bemorlar koronavirusdan uyida davolanmoqda.

Ushbu bemorlarni davolashda Moskva sogʻliqni saqlash tomonidan quyidagi tartib belgilangan: shifokor bemorni koʻzdan kechirib, uni uyida davolash yoki shifoxonaga yuborish haqida qaror qabul qiladi.

Uyida davolashga qoldirilgan bemor karantin rejimini bajarishga, uydan chiqmaslik haqida ogohlantirish xatiga qoʻl qoʻyadi. Shundan soʻng bemorning fotosurati shahar videokuzatuv tizimiga kiritiladi. Karantin tartibini buzgan bemorlar majburiy ravishda kasalxonaga yotqiziladi.

Telemeditsina markazi shifokorlari uyida davolanayotgan bemor bilan doimiy ravishda aloqada boʻlib turadi va butun davolanish davrida virusga qarshi preparatlar bilan taʼminlab turadi.

Eslatib oʻtamiz, 23-martdan – 6-aprelga qadar Moskvada kasallik yengil kechayotgan, xavfli guruhga (65 yoshdan katta, surunkali diabet, pnevmoniyaga chalinmagan) kirmagan bemorlar uchun koronavirusdan uyida davolanish tartibi oʻrnatilgan edi.

Bunday tartib xorijiy davlatlar (Italiya) tajribasini oʻrganish asosida kiritilgan va shifoxona oʻrinlarini kasallik yengil kechayotgan bemorlar bilan band boʻlishining oldini oladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер