Koronavirus jahon sut bozoriga zarba bermoqda

17:01 08 Iyul 2020 Jamiyat
879 0

Avstraliyaning “Maxum Foods” kompaniyasi global sut bozorining holati, sut sanoatining rivojlanish prognozlari haqidagi hisobotni eʼlon qildi.

Hisobotga koʻra, jahon sut savdosi 2019-yilga nisbatan sezilarli darajada sekinlashgan. Ushbu pasayish joriy yilning birinchi toʻrt oyida logistika bilan bogʻliq muammolar va koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq.

Masalan AQSHda pishloq va sariyogʻ narxlari eng past darajaga tushib ketgan. Daromadlarning pasayishi, biznesning yopilishi tufayli chuqur retsessiya rivojlanmoqda, bu Gʻarb mamlakatlarida uy xoʻjaliklari daromadlarini pasaytiradi va rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotini zaiflashtiradi.

Shuningdek, prognozlarga koʻra, 2021-yilgacha Yevropa Ittifoqi va AQSHda pishloqqa boʻlgan talab oʻsmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер