Koronavirus yuqmaydigan odamlar toifasi maʼlum qilindi
T-hujayralar immunitetiga ega odamlar koronavirus bilan zararlanmaydi.
Xuddi shunday xulosani Rossiya Fanlar akademiyasi V. A. Engelxardt nomidagi Molekulyar biologiya instituti laboratoriya rahbari Pyotr Chumakov aytib oʻtdi.
Agar odam ilgari koronavirusning boshqa turi bilan kasallangan boʻlsa, unda immunitet, yaʼni “Sars-Cov-2”ni taniy oladigan hujayralar tanada qoladi. Chumakovning qoʻshimcha qilishicha, taxminan 10-15 foiz odamda T-hujayralari immuniteti mavjud.
Bundan tashqari, yaqinda gripp bilan kasallangan odamlarga “Covid-19”ning yuqish ehtimoli ancha past. Chunki ularning qonida juda koʻp interferon mavjud va bu organizmni infeksiyadan himoya qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring