Koronavirus yozda yoʻqolib ketadimi? JSST izoh berdi
Foto: www.google.com
Yoz fasliga kelib yangi turdagi koronavirusning tarqalishi toʻxtaydi, deb taʼkidlashning iloji yoʻq, deb maʼlum qildi Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining sogʻliqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar boʻyicha dasturi ijrochi direktori Maykl Rayan.
“Turli iqlimiy sharoitlarda virusning faolligi va dinamikasi qanday boʻlishi hozircha nomaʼlum. Virus tarqalish xususiyatini saqlab qolishi mumkinligini tan olishimiz kerak. Virus yozda yoʻqolib ketadi, deb taxmin qilish umidi nooʻrin... Bunga hozircha asos yoʻq“, — dedi Rayan.
Eslatib oʻtamiz, 6-mart holatiga koʻra, dunyo boʻyicha 100 mingga yaqin kishi ushbu kasallikka chalingani qayd etilgan, 3,4 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring