Koronavirus va oʻlim: Rossiyada kunlik rekord yangilandi

16:24 30 May 2020 Dunyo
1068 0

Foto: rbc.ru

Rossiyada 28-may kuni koronavirus bilan bogʻliq oʻlim holatining kunlik rekordi yangilandi. Payshanba kuni bu mamlakatda 232 kishi KOVID-19 tufayli olamdan oʻtgan boʻlsa, 29-may kuni 181 kishi vafot etdi va qurbonlarning umumiy soni 4 555 kishiga yetdi.

Shuningdek, oʻtgan 24 soat ichida yana 8572 kishida koronavirus borligi aniqlangan boʻlib, ayni paytda kasallanganlar 397 000 tani tashkil qilmoqda.

Rossiya poytaxti Moskva koronavirusga chalinish boʻyicha yetakchilik qilmoqda va u yerda bir sutkada 2367nafar kishida kasallik aniqlandi.

Hozirda Rossiya virus tarqalishi boʻyicha dunyoda AQSH va Braziliyadan keyingi uchinchi oʻrinda turibdi.

Rossiyada 167 000 ortiq kishi koronavirusdan butunlay sogʻaygan, kasalxonalarda 223 992 kishi davolanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер