Koronavirus va grippning farqi nimada?
Koronavirus va grippning farqi nimada? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Shuhrat Boymurodov javob berdi.
"Yuqish tezligida. Gripp COVID-19 ga qaraganda juda qisqa yashirin davri va juda qisqa oraliqqa ega (hodisalar oraligʻidagi vaqt).
COVID-19 virusida seriyali oraliq 5-6 kun, gripp virusida oraliq 3 kunni tashkil qiladi. Bu esa gripp COVID-19 ga qaraganda tezroq tarqalish xususiyatlariga ega.
Jamoat joyda bolalar grippni tarqatishida asosiy omil hisoblanadilar. COVID-19 da kattalarga qaraganda bolalar kamroq kasallanadilar va 0-19 yoshdagilarda uchrashi past.
Yangi koronavirus turida quruq yoʻtal kuzatiladi (yoki koʻp boʻlmagan balgʻam). ORVI va grippda yoʻtal koʻpincha nam va tumov, burunni bitishi kuzatiladi.
COVID-19 da 15% hollarda ogʻir infeksiyalar boʻlib, kislorod talab qilinishi va 5% kritik holat boʻlib, oʻpka ventelyatsiyasi talab qilinadi. COVID-19 kritik holat va ogʻir infeksiyalar grippga qaraganda yuqori.
COVID-19 keksa yoshlilar va yondosh kasalliklari mavjudlarda ogʻir kechishiga olib kelish xavfi mavjud.
COVID-19 da oʻlim grippga qaraganda, ayniqsa mavsumiy grippga qaraganda yuqori. Hozirgi maʼlumotlarga qaraganda koronavirusda umumiy oʻlim koeffitsiyenti 3-4%ni tashkil qiladi. Mavsumiy grippda oʻlim 0,1%dan past", dedi Boymurodov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring