Koronavirus: Tunnel oxirida yorugʻlik, koronavirusga chalingan yoʻlbars... Soʻnggi yangiliklar
— Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, shu paytgacha dunyoda COVID-19ni yuqtirib olganlar soni 1 275 542 nafarga, sogʻayib ketganlar 262 985 nafarga, hayotdan koʻz yumganlar 69 498 nafarga yetdi.
— Janubiy Koreyada koronavirusga chalinganlar orasida tuzalib ketganlar soni 6503 nafarga yetdi. Oxirgi sutkada mamlakatda virusni yuqtirish bilan bogʻliq 50 ta yangi holat qayd etildi. Bu fevral oyi oxiridagi tigʻiz paytdan buyon qayd etilgan eng past koʻrsatkichdir.
— Chexiyada koronavirus sabab yopilgan maxsus doʻkonlar, ustaxonalar va bolalar maydonchalari ochilishi mumkin. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Andrey Babish maʼlum qildi. Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda koronavirus yuqtirib olganlar soni 4500 nafardan ortiq.
— Donald Tramp mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bogʻliq vaziyat boʻyicha fikr bildirar ekan, tunnel oxirida yorugʻlik koʻrayotganini maʼlum qildi. Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, AQSHda virusga chalinganlar soni 337 637 nafarga yetgan, 9647 kishi vafot etgan, 17 578 kishi sogʻayib ketgan.
— Nyu-Yorkdagi Bronks hayvonot bogʻida yoʻlbars koronavirusga chalingani aniqlandi.
— Fransiyada 8 mingdan ortiq inson koronavirus tufayli halok boʻldi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda koronavirusni yuqtirgan 93 mingdan ziyod bemor bor.
— Kyodo agentligi xabariga koʻra, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Tokio va Osakada favqulodda vaziyat eʼlon qilishga oid qaror qabul qilgan. Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, Kunchiqar yurtida koronavirus bilan ogʻriganlar soni 3600 kishidan oshib ketgan.
— Rossiyalik va italiyalik tibbiyot brigadalari koronavirusga chalingan bemorlarni qabul qiladigan Bergamodagi dala gospitali toʻliq jihozlandi. Italiyada qariyb 130 ming kishi COVID-19ni yuqtirib olgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring