Koronavirus telefon orqali yuqadimi?
Foto: www.google.com
Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov bilan brifing oʻtkazilmoqda. Unda koronavirusga qarshi kurash masalasi toʻgʻrisida soʻz yuritilmoqda.
“Bugun koronavirus kasalligi qayd etilgan bemorlar shu paytga qadar karantinda saqlanayotgan fuqarolar”, — dedi Bahrom Almatov.
Uning aytishicha, bemor bir odam telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham oʻtishi mumkin.
“Bugungi kunda telefonlar eng koʻp ishlatiladigan anjomlardan biri. U oʻzida turli viruslar, shu jumladan, koronavirusni ham saqlashi mumkin. Bemor bir odam telefonni ikkinchi odamga berganda, virus ham oʻtishi mumkin. Koronavirus toʻlqinlar orqali yuqmaydi. Buni toʻgʻri tushunish kerak”, — dedi Bahrom Almatov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring