Koronavirus: Qoʻshnilarimizda ahvol qanday?
2020-yil 28-aprel 10:50 holatiga koʻra, Qozogʻistonda koronavirus yuqtirib olganlar soni 2950 kishiga yetdi.
Bemorlarning 725 nafari butunlay tuzalgan boʻlsa shu kungacha 25 ta oʻlim holati qayd etildi.
2020-yil 28-aprel 10:00 holatiga koʻra, Qirgʻizistonda koronavirusga chalinganlar soni 13 taga oshib, jami 708 nafarni tashkil etmoqda.
Bemorlarning 416 nafari tuzalgan, 8 kishi vafot etgan.
Afgʻonistonda 1703 nafar bemorda koronavirus aniqlangan, ularning 57 nafari vafot etgan.
Eslatib oʻtamiz, Tojikiston va Turkmanistonda hali rasman koronavirusga chalinganlar qayd qilinmadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring