Koronavirus qanday haroratda yashaydi?
Foto: www.google.com
Gonkong universiteti tadqiqotchilari yangi turdagi koronavirus uzoq vaqt davomida 4°C haroratda yashay olishini aniqladi. Bunday haroratda dezinfeksiya qilinmasa, virus ikki hafta faolligini saqlab qoladi. Ularning tadqiqot hisoboti medRxiv portalida chop etildi.
Hisobotda aytilishicha, virus 56°C haroratda 30 daqiqa ishlov berilgandan soʻng yoki 70°C haroratda 5 daqiqa ishlov berilgandan soʻng oʻlgan.
Xona haroratida virus bir hafta davomida yashay oladi, ikki haftadan soʻng uning izlari yoʻqoladi.
Shuningdek, tadqiqotchilar koronavirus qanday buyumlarning ustida koʻproq saqlanib qolishini aniqlashdi. Buni qarangki, virus qogʻozda 3 soat, oynada 4 soat, plastikda yetti soat, yogʻoch va kiyimda ikki kungacha, tibbiy niqob yuzasida bir haftagacha saqlanishi mumkin. Shu bois niqobni almashtirmasdan foydalanish mumkin emas.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring