Koronavirus pandemiyasining oʻtkir bosqichi qachon tugashi bashorat qilindi

23:29 09 Dekabr 2021 Dunyo
1683 0

Foto: AP

Koronavirus pandemiyasining oʻtkir bosqichi 2022-yilda yakunlanadi. Voqealarning bunday rivojlanishini Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geyts bashorat qilmoqda.

Tadbirkor kasallikning “Delta” shtammining tarqalishi va vaksinalarning dunyoda notekis taqsimlanishi insoniyatni COVID-19 ustidan toʻliq gʻalabadan uzoqlashtirganini taʼkidladi. Shu bilan birga, uning soʻzlariga koʻra, xalqaro hamjamiyat kasallikni emlash va davolashda sezilarli muvaffaqiyatlarga erishdi.

Geytsning taʼkidlashicha, koronavirusning yangi «Omikron» shtammi xavotir uygʻotadi, ammo hozirgi vaqtda mamlakatlar uning tarqalishini oldini olish uchun ancha yaxshi tayyorgarlikka ega. 

“Umid qilamanki, COVID-19 pandemiyasining tugashiga oz qoldi”, deydi Geyts.

Oldinroq, Geyts agar yangi, xavfliroq koronavirus variantlari boʻlmasa, COVID-19 pandemiyasi keyingi yilning oʻrtalarida tugashini bashorat qilgan edi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер