Koronavirus pandemiyasi yana uch oyga uzaytirildi — JSST
Foto: Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
Kecha Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Favqulodda vaziyatlar qoʻmitasining 14-yigʻilishida koronavirus pandemiyasini yana uch oyga uzaytirish boʻyicha qaror qabul qilindi.
Qoʻmita aʼzolari SOVID-19 dan oʻlim koʻrsatkichlari boshqa respirator kasalliklarga nisbatan yuqoriligidan xavotirda ekanligini maʼlum qildi. Qolaversa, past va oʻrta daromadli mamlakatlarda mazkur xastalikka qarshi vaksinalar zaxirasi yetarli emas.
Ekspertlar xulosasiga koʻra, dunyo boʻylab ommaviy immunitetni shakllantirish infeksiyani jilovlashga yordam beradi. Biroq koronavirus kelgusida odamlar va hayvonlarda doimiy patogen boʻlib qolishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, JSSTning Favqulodda vaziyatlar qoʻmitasi har uch oyda bir marta yigʻiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring