Koronavirus: Oʻzbekistonda kunlik kasallanish holatlari soni yana 100 ga yaqinlashdi
2022-yil 28-iyun holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 240667 (+98) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
— 9 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida,
— 3 nafari Andijon viloyatida,
— 6 nafari Buxoro viloyatida,
— 7 nafari Jizzax viloyatida,
— 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
— 7 nafari Navoiy viloyatida,
— 5 nafari Namangan viloyatida,
— 5 nafari Samarqand viloyatida,
— 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
— 7 nafari Surxondaryo viloyatida,
— 11 nafari Fargʻona viloyatida,
—4 nafari Toshkent viloyatida,
— 24 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
— Qoraqalpogʻiston Respublikasida 8 nafar,
— Andijon viloyatida 3 nafar,
— Buxoro viloyatida 1 nafar,
— Qashqadaryo viloyatida 5 nafar,
— Navoiy viloyatida 14 nafar,
— Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
— Xorazm viloyatida 4 nafar,
— Toshkent viloyatida 2 nafar,
— Toshkent shahrida 15 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 237995 (+54) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring